Guruhlar
L

Legal philosophy

Ochiq

Legal philosophy ya’ni huquq falsafasi onlayn to’garagi 2020-yil 13-iyulda talabalar vaqtini samarali o‘tkazishlari hamda ijtimoiy-falsafiy, siyosiy-madaniy mazmundagi turfa qo’shimcha va foydali materiallarni o’rganishlashi maqsadida telegram kanali sifatida tashkil etilgan. Ushbu kanalda bo‘lajak yuristlar uchun kerak bo‘ladigan shaxsiy rivojlanish, huquq falsafasi, tarix, siyosiy madaniyat va mafkura, falsafa tarixi va madaniyatshunoslik, shuningdek ilm-fanning turli tarmoqlariga va hayotiy vaziyatlarga oid aforizmlar va ularning sharxlari 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) berib boriladi. Bundan tashqari kanalda psixologik treninglar uchun har xil jumboqlar, falsafiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan turli xil ibratli hikoyalar va foydali maslahatlar ham doimiy ravishda berib borilmoqda.

2 a'zoiyun, 2025
Guruhga qo'shilish