
BEPUL
Yuklab olish
2 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Ilmiy maqola
Tergovga qadar tekshiruv: huquqni qoʻllash muammolari
- Muallif
- Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2024-03-26
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tur:Ilmiy maqola
Tavsif
Ushbu maqolada mamlakatimiz jinoyat-protsessual qonunchiligida sudga qadar ish yurituvining alohida bosqichi hisoblangan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda vujudga kelayotgan huquqiy muammolar muhokama qilingan. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv bosqichining vazifalaridan biri – jinoyat haqidagi ariza va xabarlarda jinoyat faktining mavjudligi yoki mavjud emasligini tasdiqlashda ayrim tergov harakatlarini oʻtkazish zarurati ochib berilgan. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 329-moddasida nazarda tutilgan roʻyxat asosida keltirilgan tergov harakatlari yetarli emasligi, boz ustiga ushbu moddada keltirilgan tergov va protsessual harakatlardan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilishi qatʼiyan man etilishi borasidagi keskin qoida huquqni qoʻllash amaliyotida koʻplab muammolarni keltirib chiqarayotgani asoslab berilgan. Tergovga qadar tekshiruv davomida oʻtkazilishi zarur boʻlgan tergov harakatlari sirasiga kiruvchi yuzlashtirish, murdani eksgumatsiya qilish, qiyosiy tekshirish uchun namunalar olish va boshqa bir qancha tergov harakatlari sudning ruxsati bilan amalga oshirishi lozimligi tadqiq etilgan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qoʻllangan. Shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti oʻrganilgan, buning natijasi oʻlaroq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlariga tegishli oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar, tavsiyalar ishlab chiqilgan.
O'xshash nashrlar
Jinoyat ishida dalillarni soxtalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik
Elektron nusxa
Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun javobgarlikni takomillashtirish
Elektron nusxa
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazish va o‘tkazish maqsadida sodir etilgan boshqa harakatlarning jinoyat huquqiy jihatlari
Elektron nusxa
AXLOQ TUZATISH ISHLARI TARIQASIDAGI JAZONING IJROSINI TASHKIL ETISH
Ilmiy maqola
Kontrabandaning jinoyat-huquqiy jihatlari
Elektron nusxa
Jinoyat-huquqiy prinsiplar: nazariya va amaliyot
Elektron nusxa