
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
Arbitraj kelishuvlaridagi huquqni tanlash masalalarini hal etishda erk muxtoriyati (party autonomy) prinsipi tahlili
- Muallif
- Xatamjonova Gulsanam Yasharjon qizi
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2023-03-26
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tavsif
Erk muxtoriyati prinsipi xalqaro xususiy huquq ishtirokchilariga o‘z xohishlari asosida harakatlana olishlariga imkon beradi. Mazkur prinsip asosida esa taraflar mavjud nizolar yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni milliy sudlar tizimi bilan emas, arbitraj bilan hal etishga kelisha oladilar. Arbitraj kelishuvi bitimlari esa arbitraj jarayonlari boshlanishi uchun asos vazifasini o‘taydi. Taraflarning birgina xohishi, ya’ni irodasi taraflar o‘rtasidagi nizolarni sudlar yordamida emas, arbitraj orqali hal etishga yordam beradi. Mazkur maqolada arbitraj kelishuvi bitimlari tuzilishida erk muxtoriyati (party autonomy) prinsipining ishtiroki o‘rganib chiqiladi. Arbitraj kelishuvi bitimi tuzilishi jarayonida taraflar erk muxtoriyati prinsipidan qay darajada foydalana olishlari tadqiq etiladi. Taraflarning erk-irodasi, ya’ni xohishlari arbitraj bitimi tuzishda asos vazifasini bajarishi muhokama qilinadi. Arbitraj kelishuvi bitimlarining huquqiy ta’rifi hamda tabiati turli qonunchilik manbalari bilan qiyoslangan holda sharhlanadi hamda arbitraj kelishuvi bitimlarining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi. Bundan tashqari, arbitraj kelishuv bitimining eng asosiy vazifasi hisoblangan yurisprudensiya, ya’ni nizolar uchun qo‘llanadigan huquqni tanlash amaliyoti ko‘rib chiqiladi. Shuningek, arbitraj kelishuvi bitimini tuzuvchilar tomonidan nizolar uchun qo‘llanadigan huquq kelishuv bitimida ko‘rsatilmaganida, nizolar qay tartibda ko‘rib chiqilishining eng samarali usullari taqdim etiladi.
O'xshash nashrlar
Fuqarolik protsessida mediatsiyani qo‘llash: qiyosiy-huquqiy tahlil
Elektron nusxa
Iqtisodiy sudlar tomonidan birinchi instansiyada ish yuritish tartibini takomillashtirish
Elektron nusxa
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hal qiluv qarorlarining nazariy va amaliy masalalari
Elektron nusxa
Iqtisodiy va fuqarolik sud ishlarini yuritishda elektron dalillarning protsessual jihatlari
Elektron nusxa
O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolik sudlovida yarashuv tartib-taomillari
Elektron nusxa
O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolik sudlovida bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud ish yurituvi
Elektron nusxa