
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
Ijtimoiy tarmoqlarni huquqiy tartibga solish zarurati
- Muallif
- Xo‘jayev Shohjahon Akmaljon o‘g‘li
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2022-10-10
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tavsif
Bugungi kunda dunyo aholisining 67 %, o‘zbekistonliklarning qariyb 80 % Internet, xususan, ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali turli huquqiy munosabatlar vujudga kelmoqda – elektron tijorat, axborot almashish va h.k. Afsuski, inson huquq va erkinliklarining buzilish holatlari ham kuzatilmoqda. Ushbu maqolada virtual munosabatlar hamda ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solishga oid xalqaro va milliy qonunchilik normalari tanqidiy tahlil qilindi. Maqolaning asosiy maqsadi ilg‘or standartlarni hisobga olgan holda, qonunchilikni takomillashtirishdan iborat. Tadqiqot usullari sifatida tanqidiy tahlil, qiyosiy-huquqiy hamda statistik ma’lumotlarni o‘rganish usullari qo‘llanildi. Tahlillarni hisobga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlarda vujudga keladigan virtual munosabatlarni samarali huquqiy tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Internetdan foydalanish erkinligini mustahkamlash, blogerlarning huquqiy maqomini aniqlashtirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni faqat sud tartibida cheklash mexanizmini joriy etish zarurligi ochib berildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha xulosalar qilindi. Ushbu xulosalardan O‘zbekiston Respublikasida Internetning milliy segmenti, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, ijtimoiy tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliyotni takomillashtirishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalari ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlarga nisbatan shartnomaviy-huquqiy vositalarni qo‘llashning nazariy asoslarini boyitishga imkon beradi.
O'xshash nashrlar
Xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash
Elektron nusxa
The relevance of protecting entrepreneurs’ rights in digital commerce
Ilmiy maqola
Prospects of Islamic Financing in Uzbekistan: Implementing Sukuk Bonds Based on Malaysia’s Experience
Ilmiy maqola
ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI
Ilmiy maqola
The Role of International Cooperation in Combating Cryptocurrency-Facilitated Darknet Markets
Ilmiy maqola
Elektron oldi-sotdi shartnomaviy munosabatlarda axborot vositachisining fuqarolik huquqiy javobgarligi
Ilmiy maqola