Kutubxona/12.00.03/Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar va qonuniy manfaatlarni sud orqali himoya qilish institutsional va huquqiy tizimining mohiyati, zaruriyati va umumiy tavsifi
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar va qonuniy manfaatlarni sud orqali himoya qilish institutsional va huquqiy tizimining mohiyati, zaruriyati va umumiy tavsifi
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa

Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar va qonuniy manfaatlarni sud orqali himoya qilish institutsional va huquqiy tizimining mohiyati, zaruriyati va umumiy tavsifi

Muallif
Okyulov Omonbay
Nashriyot
Toshkent davlat yuridik universiteti
Nashr sanasi
2022-07-19
Mamlakat
O'zbekiston

Huquq sohalari:

Tavsif

Fuqarolik huquqlari tizimida intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar va qonuniy manfaatlar anʼanaviy fuqarolik huquqlari bo‘lgan mulk huquqi, majburiyat huquqi, delikt majburiyatlarga nisbatan yaqinda vujudga keldi, deb aytish mumkin. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining o‘zlari ham bu huquqlar mazmunini to‘laqonli anglab, ulardan samarali foydalanish ko‘nikmasini hali-hanuz anglab yetgani yo‘q. Аgar intellektual mulkni ijtimoiy maʼnaviy hayotimizda va iqtisodiy rivojlanishda asosiy drayver, yaʼni harakatlantiruvchi kuch ekanini eʼtiborga olsak, bu sohada jiddiy, tizimli tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Bu tizimli tadbirlar ichida intellektual mulk obyektlariga nisbatan sud orqali huquqiy himoya samarali amaliyoti va ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy o‘rinni egallaydi. Tadqiqotda sudlarda intellektual mulk huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan huquq normalari hamda huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlaridan foydalanildi. Mavzu yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar berildi.