Kutubxona/12.00.03/Jamoatchilik nazoratini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari ishtirokining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari
Jamoatchilik nazoratini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari ishtirokining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa

Jamoatchilik nazoratini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari ishtirokining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari

Muallif
Jahonov Shohruh Shuhrat o‘g‘li
Nashriyot
Toshkent davlat yuridik uniersiteti
Nashr sanasi
2022-12-30
Mamlakat
O'zbekiston

Huquq sohalari:

Tavsif

Maqolada rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari va davlatning samarali hamkorligi ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi hamkorlik shakli sifatida dolzarb hisoblanishi tahlil qilingan. Demokratik tartib-qoidalar asosida shakllantirilgan davlat hokimiyati apparati faoliyati samaradorligi, jumladan, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining mavjudligi, jamoatchilik nazoratiga bugungi kunda hokimiyatga bosim vositasi sifatida emas, balki fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi uyg‘un muloqot usuli sifatida qaralishi hamda jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikni bartaraf etishga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanishi o‘rganilgan. Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslari shakllantirilgan bo‘lsa-da, bu boradagi qonunchilik normalarini takomillashtirish mexanizmlari hali ham yetarli emasligi, shu munosabat bilan fuqarolik jamiyati institutlariga samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish imkonini beruvchi qonunchilik normalarining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari bayon etilgan. Bundan tashqari, mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining muhim subyektlaridan biri bo‘lgan ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Konstitutsiya va qonunlarga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari muhokama qilingan.