
BEPUL
Yuklab olish
15 koʻrishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
Jinoyat huquqida harakatsizlik va uning turlari: tahlil va taklif
- Muallif
- Xudaykulov Feruzbek Xurramovich
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2024-06-24
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tavsif
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, induksiya, deduksiya, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda, jinoyat huquqida harakatsizlik tushunchasi, uning obyektiv va subyektiv mezonlari keng yoritilgan. Jinoyat huquqida aralash harakatsizlikda sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish toʻgʻrisidagi olimlarning ilmiy qarashlari, tadqiqotlari, ular oʻrtasidagi oʻzaro oʻxshash va farqli jihatlar atroflicha bayon qilingan. Jinoyat huquqida ijtimoiy xavfli qilmishning shakli sifatida jinoiy harakatsizlikning ikkita turi mavjud boʻlib, ular sof va aralash harakatsizlikdan iborat ekanligi va aralash harakatsizlikda sodir etiladigan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda muammoli holatlar. Shuningdek, ijtimoiy xavfli harakatsizlikning turi sifatida aralash harakatsizlikning huquqiy tabiati, uning umumiy va maxsus belgilari qiyosiy tahlil qilinib, ulardagi muammoli holatlar aniqlangan va ketma-ket tavsiflab berilgan. Jinoyat huquqida aralash harakatsizlik muayyan harakat va harakatsizliklar majmuyidan tashkil topgan ijtimoiy xavfli qilmishdan iborat ekanligi va uning jinoyat-huquqiy jihatlari ochib berilgan. Ushbu maqolada asosiy eʼtibor ijtimoiy xavfli harakatsizlikka qaratilgan boʻlib, uning mezonlari va belgilari instrumental va qiyosiy tahlil qilingan. Mazkur belgining asosiy shartlari aniqlanib, ularning nazariy va amaliy yechimlari oʻrnatilgan va topilgan. Shu bilan birga, jinoyat huquqi doktrinasi va unda mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlil etilib, bu borada asosli nazariy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
O'xshash nashrlar
O‘zbekiston Respublikasida Harbiy prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish
Elektron nusxa
Sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning nazariy va amaliy masalalari
Elektron nusxa
Odil sudlovni amalga oshirish jarayonida sudyalarning yuridik javobgarligi: zamonaviy holat va rivojlanish yo‘nalishlari
Elektron nusxa
O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
Elektron nusxa
ADVOKATLAR MALAKA OSHIRISHI MOHIYATI VA UNING AHAMIYATI
Ilmiy maqola
Advokatura va advokatlik faoliyatining mustaqilligini ta'minlash kafolatlari
Elektron nusxa