
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
Mehnat migratsiyasini raqamlashtirish va unga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq qilish istiqbollari
- Muallif
- Musayev Bekzod
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2022-12-30
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tavsif
Mazkur maqolada demografik va globallashuv jarayonidagi o‘zgarishlar, Covid-19 ning jamiyatdagi ijtimoiy hamda umumiy huquqiy yondashuvlarga ko‘rsatgan taʼsiri natijasida shakllanayotgan raqamli jamiyatda migratsiyani tartibga solish istiqbollari, uning oqibatlari va sabablari o‘rganilgan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston – 2030“ konsepsiyasini tatbiq etishga bo‘lgan harakatlar hayotiy muhim bo‘lgan mehnat migratsiyasi jarayonlarini raqamlashtirish, ushbu sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish vazifasini qo‘ymoqda. Bu, o‘z navbatida, sohani raqamlashtirishning texnik vositalari bilan bir qatorda huquqiy asoslari, kiberxavfsizlik masalalari, shaxsga doir axborotlar muhofazasi kabi muammolarni hal qilish zarurligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, COVID-19 pandemiyasi o‘tgan o‘n yillikda alohida davlatlarda sezilmas darajada rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlarga “aqlli boshqaruv” texnologiyalarini joriy qilishning katta kuch bilan tezlashuviga sabab bo‘ldi. Ushbu jarayonlardan mehnat munosabatlari ham chetda qolmadi. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), sunʼiy intellekt va “aqlli boshqaruv” usullari raqamlashtirish shaklida mehnat bozorida o‘zining samaradorligini qisqa muddatlarda isbotladi. Mazkur yangi yondashuvlarni milliy qonunchilikka joriy qilish uchun O‘zbekistonning migratsiya sohasidagi qonunchiligini xalqaro talablarga moslashtirish, uni raqamlashtirishda, eng avvalo, inson huquqlarini taʼminlashga qaratilgan fundamental prinsiplarga rioya qilinishini taʼminlash kerak. Muallif ushbu masalalarning huquqiy yechimini topishda asosiy yo‘nalish insonning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va mehnat qilish huquqini kafolatlash hamda ushbu jarayonlarni soddalashtirishga qaratilgan axborot texnologiyalari bo‘lishi zarur, degan qatʼiy pozitsiyani ilgari suradi.
O'xshash nashrlar
O‘zbekiston Respublikasida pensiya tizimining huquqiy asoslarini takomillashtirish
Elektron nusxa
Mehnat ta’tillarini huquqiy tartibga solish masalalari
Elektron nusxa
Mehnat munosabatlarini lokal huquqiy tartibga solish
Elektron nusxa
Xodimning aybiga bog‘liq bo‘lmagan asoslarga ko‘ra ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish
Elektron nusxa
Yakka mehnat nizolarini ko'rib hal qilish tartibi
Elektron nusxa
Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish (qiyosiy-huquqiy tahlil)
Elektron nusxa