Kutubxona/12.00.08/Niderlandiya qirolligi jinoyat qonunchiligida jazoni yengillashtiruvchi va qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar (qiyosiy tahlil)
Niderlandiya qirolligi jinoyat qonunchiligida jazoni yengillashtiruvchi va qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar (qiyosiy tahlil)
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa

Niderlandiya qirolligi jinoyat qonunchiligida jazoni yengillashtiruvchi va qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar (qiyosiy tahlil)

Muallif
Islomov Bunyod Ochilovich
Nashriyot
Toshkent davlat yuridik universiteti
Nashr sanasi
2022-03-15
Mamlakat
O'zbekiston

Huquq sohalari:

Tavsif

Ushbu maqolada Niderlandiya jinoyat qonunchiligida jazoni yengillashtiruvchi va qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni hisobga olish masalalari qiyosiy tahlil qilingan. Bu borada Niderlandiyaning 1881-yil 3-martda qabul qilinib, 1886-yil 1-sentabr sanasidan kuchga kirgan Jinoyat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-aprel sanasidan kuchga kirgan Jinoyat kodeksining amaldagi tahriri bo‘yicha jazoni yengillashtirish instituti umumlashtirilgan holda, xususan, ruhiy holatning buzilishi holatida, shu jumladan aqli norasolik va cheklangan aqli rasolik holatida sodir etilgan jinoyatlar, tamom bo‘lmagan jinoyatlar va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash masalalari, javobgarlik va jazodan ozod qilish, shu jumladan qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, shuningdek jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish instituti o‘rganilgan. Har ikkala mamlakat jinoyat qonunlarining qiyosiy tahlili yuzasidan mazkur jinoyat qonunlarining o‘xshash va farqli jihatlari aniqlangan, amalga oshirilgan qiyosiy tahlil yuzasidan xulosalar keltirilib, yakuniy fikr sifatida Niderlandiyaning ayrim jinoyat-huquqiy me’yorlarini O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuniga tatbiq qilishga doir takliflar ishlab chiqilgan.