
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy sud sudyalari mustaqilligini ta’minlash muammolari
- Muallif
- Abdullayeva Maftuna Murot qizi
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2022-10-10
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tavsif
Mazkur maqolada sud hokimiyati mustaqilligi yuridik kategoriyasini keng qamrab olgan holda, uning asosiy jihatlari va chegaralari sud hokimiyatini tashkil etishning turli darajalari bilan bog‘liq holda yoritilgan. Sud hokimiyati mustaqilligi tuzilmaviy jihatdan murakkab va ko‘p qirrali hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu sud hokimiyati fenomenining o‘z murakkabligi bilan aloqador. Maqolada, shuningdek, sud hokimiyati mustaqilligi uning tashkil etilishining har bir darajasiga bog‘liq holda o‘rganilib, uning jihatlari, uni amalga oshirishning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari tahlil etilgan. Konstitutsiyaviy sudning huquqiy pozitsiyasiga alohida e’tibor berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mustaqilligi uni shakllantirish tartibi, tarkibi, vakolatlari bevosita Konstitutsiyada belgilab qo‘yilganligi bilan ta’minlanadi. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunda konstitutsiyaviy sudlov mustaqilligining Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan kafolatlari sifatida konstitutsiyaviy sudni shakllantirish va uning faoliyati, saylash (tayinlash) tartibi uning prinsiplarida, sudyalar, ularning vakolat muddati, sudning huquqiy, ma’muriy va moliyaviy mustaqilligi, daxlsizligi va sudyalarni javobgarlikka tortishning alohida tartibi, ularni moddiy ta’minlash belgilangan. Konstitutsiyaviy sud sudyalarining huquqiy holatini tartibga solishning to‘liq emasligi ular mustaqilligi kafolatlarining izchil va samarali tizimi mavjudligi haqida gapirishga imkon bermaydi. Ushbu muammoning mumkin bo‘lgan yechimlari taklif etiladi.
O'xshash nashrlar
Ichki ishlar organlarida intizomiy jazo choralarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
Elektron nusxa
Adliya organlarining qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish
Elektron nusxa
THE LEGAL STATUS OF PARTIES IN CONSTITUTIONAL COMPLAINT PROCEEDINGS BEFORE THE CONSTITUTIONAL COURT
Ilmiy maqola
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash: nazariya va amaliyot masalalari
Elektron nusxa
O‘zbekiston Respublikasida migratsiya jarayonlarini ma’muriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
Elektron nusxa
Elektron valyuta munosabatlarini huquqiy tartibga solish
Elektron nusxa