
BEPUL
Yuklab olish
7 koʻrishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
Qasddan odam o‘ldirishning jinoyat-huquqiy jihatlari
- Muallif
- Niyozova Salomat Saparovna
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2022-12-30
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tavsif
Mazkur maqolada qasddan odam o‘ldirishning jinoyat-huquqiy jihatlari tahlil etilgan bo‘lib, muallif bu masalada olimlarning fikr va mulohazalarini o‘rganib, tegishli taklif hamda tavsiyalar bergan. Bundan tashqari, muallif maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi Maxsus qismining birinchi bo‘limi “Shaxsga qarshi jinoyatlar”, aynan birinchi bobi “Hayotga qarshi qaratilgan jinoyatlar”ning mustahkamlanishi, yana bir bor insonning yashash huquqi kafolatlanganligi haqida so‘z yuritadi. Shuningdek, uning barcha qadriyatlardan ustun ekanligidan dalolat berishi hamda qasddan odam o‘ldirish jinoyatida jinoyat sodir etish usulining ahamiyati va uning o‘ziga xos ijtimoiy xavfliligi, eng ulug‘ ne’mat bo‘lmish hayotdan insonni mahrum etish jamiyatga juda ham katta ziyon yetkazadi, degan fikrni bildiradi. Maqolada qasddan odam o‘ldirish jinoyatining obyektiv va subyektiv belgilariga ham to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, umumiy va bevosita obyektlar farqlangan. Bu yerda qilmishning umumiy obyekti sifatida shaxs, maxsus obyekt sifatida umuman inson hayoti, bevosita obyekt sifatida esa muayyan odamning hayoti amal qilishi o‘z ifodasini topgan. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga odam o‘ldirish tushunchasini kiritish yuzasidan mualliflik taklifi ham berilgan.
O'xshash nashrlar
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazish va o‘tkazish maqsadida sodir etilgan boshqa harakatlarning jinoyat huquqiy jihatlari
Elektron nusxa
Jinoyat ishida dalillarni soxtalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik
Elektron nusxa
AXLOQ TUZATISH ISHLARI TARIQASIDAGI JAZONING IJROSINI TASHKIL ETISH
Ilmiy maqola
Ayrim transmilliy uyushgan jinoyatlar uchun javobgarlik: jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlar
Elektron nusxa
Axloqqa qarshi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari
Elektron nusxa
Bojxona sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik (jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari)
Elektron nusxa