
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Ilmiy maqola
Qurilish sohasida ekologik yuridik javobgarlik
- Muallif
- Nurullayev Shoxrux Shuxratillayevich
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2024-03-26
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tur:Ilmiy maqola
Tavsif
Ushbu maqolada qurilish sohasida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishda yuridik javobgarlik va uni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi, sohadagi tegishli kamchiliklar, muammolar hamda rivojlangan davlatlarning mazkur sohada qoʻllaydigan amaliyoti tahlil qilingan. Maqola soʻngida mazkur sohani rivojlantirish, jumladan, qurilish sohasida ekologik meʼyorlarni kuchaytirish, ushbu sohada komplaensni taʼminlash uchun tegishli takliflar berilgan. Mavzuni oʻrganish jarayonida mavjud qonunchilik bazasi oʻrganilib, tegishli kamchiliklar aniqlandi, huquqiy javobgarlikni oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha innovatsion yechimlar taklif etildi. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, qurilish sohasida ekologik yuridik javobgarlikni yanada yaxshilash uchun eng avvalo, javobgarlik choralarini kuchaytirish, monitoring va hisobot berish mexanizmlarini yaxshilash, ekologik normalarning buzilishiga qarshi kurashishda nodavlat-notijorat tashkilotlarini faol ravishda jalb qilish, shuningdek, qonunchilikdagi baʼzi normalarga qoʻshimcha kiritish shu sohaning yanada rivojlanishiga turtki boʻladi. Bundan tashqari, qurilish sohasida fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning tabiatga nisbatan doʻstona munosabatini taʼminlash uchun tegishli ragʻbatlantiruvchi choralarning yetishmasligi ham shu sohaning kamchiliklaridan biri sifatida eʼtirof etildi.
O'xshash nashrlar
Aholi punktlarida tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning huquqiy tartibi
Elektron nusxa
Atrof tabiiy muhitni radiatsiya ta’siridan huquqiy muhofaza qilishni takomillashtirish
Elektron nusxa
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishni huquqiy tartibga solish masalalari
Elektron nusxa
Ekologik me’yorlash tizimini huquqiy tartibga solish masalalari
Elektron nusxa
Ekologik faoliyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtirokining huquqiy masalalari
Elektron nusxa
Qishloq xo‘jaligida yer melioratsiyasini huquqiy tartibga solish
Elektron nusxa