
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
Raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat munosabatlari transformatsiyasi va notipik mehnat munosabatlari
- Muallif
- Javliyeva Gullola Abdurahim qizi
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2024-03-26
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tavsif
Bugungi kunda raqamlashtirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga oʻtish va boshqa bir qator ijtimoiy-sotsiologik, geografik, iqtisodiy omillar natijasida mehnat munosabatlarida oʻzgarishlar, yangilanishlar yuzaga kelmoqda. Xususan, anʼanaviy mehnat munosabatlaridan farq qiluvchi notipik mehnat munosabatlari, bandlikning zamonaviy shakllari tobora keng miqyosda ommalashib, mehnat bozoridan mustahkam oʻrin egallamoqda. Shu sababli anʼanaviy mehnat munosabatlarini notipik mehnat munosabatlaridan farqlash, bandlikning notipik shakllarida ishlayotgan xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada mehnat munosabatlari oʻzgarishining nimalarda namoyon boʻlishi, bandlikning zamonaviy, notipik turlarining paydo boʻlishi va ommaviylashuvi oʻrganilgan. Notipik mehnat munosabatlari yuzasidan Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha Yevropa jamgʻarmasining tadqiqotlari, hisoboti tahlil qilingan. Rivojlangan mamlakatlarda mavjud boʻlgan bandlikning notipik turlari hamda milliy qonunchiligimizdan oʻrin olgan notipik xususiyatlarga ega boʻlgan, anʼanaviy bandlikdan farq qiluvchi bir qator masofaviy mehnat, sekondment (xodimni vaqtincha boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborish), autstaffing, bir martalik ish kabilar taqqoslangan holda oʻrganilgan.
O'xshash nashrlar
O‘zbekiston Respublikasida pensiya tizimining huquqiy asoslarini takomillashtirish
Elektron nusxa
Mehnat ta’tillarini huquqiy tartibga solish masalalari
Elektron nusxa
Mehnat munosabatlarini lokal huquqiy tartibga solish
Elektron nusxa
Xodimning aybiga bog‘liq bo‘lmagan asoslarga ko‘ra ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish
Elektron nusxa
Yakka mehnat nizolarini ko'rib hal qilish tartibi
Elektron nusxa
Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari
Elektron nusxa