
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
Til – huquqning yashash sharti
- Muallif
- Gulyamova Gulnora Yakubovna
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2021-11-24
- Mamlakat
- O'zbekiston
Tavsif
Mazkur maqolada О‘zbekiston ta’lim tizimida til о‘rganishning ahamiyati, til taraqqiyoti jamiyat va millat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqligi, о‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi, har qanday hujjatning sifati kommunikativ va adabiy savodxonlikka bog‘liqligi, о‘zbek yuridik tilining ba’zi muammolari, tarjimachilik, tezaurus kabilar xususida fikr yuritiladi. Ilm-fan rivojlanayotgan bugungi kun ta’lim-tarbiya tizimi oldiga yangi-yangi mas’uliyatli vazifalarni qо‘ymoqda. Jumladan, zamonning о‘zi soha mutaxassisidan bilimdon bо‘lish bilan bir qatorda, davlat tilini puxta bilish, hozirgi zamon о‘zbek adabiy tili me’yorlarini tо‘liq о‘zlashtirishni ham talab etmoqda. Xuddi shunday, hozirgi zamon yurist mutaxassisi jamiyatda barqarorlik va huquqiy tartibni о‘rnatish maqsadida nafaqat yurisprudensiya qonun-qoidalarini puxta о‘zlashtirgan, balki ijtimoiy munosabatlar qonuniyatlari va huquqiy qoidalarni chuqur bilgan, о‘z kasbining yetuk bilimdoni, shuningdek, til me’yorlarini о‘zlashtirgan bо‘lishi lozim. Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biri bо‘lib, u uchun qonunlar tabiatan adolatli va odamlar uchun tushunarli, ya’ni yaratilgan huquqiy hujjatlar tili batafsil, ravon bо‘lishi kerak. Shu bois til va huquq bir-biri bilan chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Hozirgi kunning eng dolzarb, hal qilinishi lozim bо‘lgan masalalaridan biri soha tilining tezaurusini tuzish, yuridik terminologiyani tartibga solish hisoblanadi.
O'xshash nashrlar
Migrantlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish: qiyosiy-huquqiy tahlil
Elektron nusxa
Yuridik terminologiyada sinonimiya va polisemiya
Elektron nusxa
Iqtisodiyot yo‘nalishidagi bakalavrlarni tayyorlashda “Axborot xavfsizligi” kursini o‘qitish metodikasi
Elektron nusxa
Ta’limda innovatsion texnologiyalar
Elektron nusxa
Tilning holatini huquqiy tartibga solish va undan turli huquq manbalarida foydalanish xususiyatlari
Elektron nusxa
Interfaol metodlar talabalarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish vositasi sifatida (TDYU misolida)
Elektron nusxa