
BEPUL
Yuklab olish
9 koʻrishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov milliy qonunchilik va uni takomillashtirishning huquqiy masalalari
- Muallif
- Miruktamova Feruza Lutfullayevna
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2022-03-15
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tavsif
Maqola voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovga doir milliy qonunchilik masalalariga bag‘ishlangan. Muallif mamlakatimizda yuvenal yustitsiyani joriy etish taklifini ilgari surib, bu borada odil sudlov tizimida bola huquqlarini ta’minlashga qaratilgan milliy normativ hujjatlarni tahlil qilgan, bolalarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishga doir BMT xalqaro standartlaridan kelib chiqib, milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar keltirgan. BMT xalqaro standartlarini o‘rgangan holda, milliy qonunchilikni ularga muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlashda eng asosiy masalalardan hisoblangan yuvenal yustitsiya tizimini joriy etishning huquqiy masalalari tahlil qilingan. Bunday tizimning joriy etilishi, eng avvalo, bolalar ishlariga ixtisoslashgan alohida tizimning mavjud bo‘lishi, qonun bilan nizoga kirishgan bolalarning jamiyatga qayta moslashuvi ijtimoiy soha vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilganda, samarali bo‘lishi xulosa qilingan. Muallif yuvenal yustitsiyaning o‘ziga xos jihatlari va afzalliklari bo‘yicha jamoatchilik fikrini shakllantirishda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanish, bolalarni ozodlikdan mahrum qilishda erishiladigan natijalarning salbiy holatlari to‘g‘risida, nizolarni hal qilishda muqobil turdagi choralarni joriy etish orqali erishiladigan ijobiy natijalar haqida ommaga tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishda keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish lozim, degan fikrga kelgan.
O'xshash nashrlar
Xalqaro huquqiy standartlar negizida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
Elektron nusxa
Intellektual mulk sohasidagi xalqaro huquq normalarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya
Elektron nusxa
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro xususiy huquqni isloh qilish
Elektron nusxa
BOLALARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIKKA QARSHI KURASHNING XALQARO-HUQUQIY ASOSLARINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI
Ilmiy maqola
Ozchiliklar huquqlarining kafolatlari va xalqaro huquq nazariyasida ozchiliklar toifasiga oid mezonlar rivojlanishi
Elektron nusxa
The International Legal Framework for Combating Money Laundering and Terrorist Financing Related to Crypto Assets
Ilmiy maqola