Kutubxona/“Yurisprudensiya” yo‘nalishida tayyorlanayotgan ilmiy maqolalarning janr-kompozitsion tahlili

BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
“Yurisprudensiya” yo‘nalishida tayyorlanayotgan ilmiy maqolalarning janr-kompozitsion tahlili
- Muallif
- Saloyeva Hilola Ravshan qizi
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2022-03-15
- Mamlakat
- O'zbekiston
Tavsif
Tadqiqot davomida “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha tahririyatga taqdim etilgan ilmiy maqolalarning janr-kompozitsion jihatlari o‘rganib chiqildi. Mualliflarning maqola yozish ko‘nikmalarini oshirish orqali ilmiy maqolalarning sifat ko‘rsatkichlarini ko‘tarish hamda xalqaro ma’lumotlar bazalari tarkibidagi ilmiy jurnallar talablariga mos holda rasmiylashtirib, ularda maqolalar chop etish ilmiy ishning asosiy maqsadi qilib olindi. Ilmiy maqolalar uch bosqichdan – plagiatga tekshiruv, texnik va ilmiy ekspertizadan o‘tkazildi. Har bir maqolaning janr-kompozitsion jihatlari, tizimli-semantik, sintaktik va kommunikativ-pragmatik xususiyatlari o‘rganildi. Olingan natijalar umumlashtirilib, ular asosida tahririyatga taqdim etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar hamda ekspert xulosasi ishlab chiqildi. Ilmiy maqolani mazkur talablar asosida rasmiylashtirishda mualliflar yo‘l qo‘yayotgan asosiy kamchiliklar o‘rganildi va ularni bartaraf etish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi. Ilmiy maqola janri va turlariga ta’rif berildi. “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy maqolalarni yozish va rasmiylashtirishni o‘rgatish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish, shuningdek, akademik yozuv ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv seminar-treninglar o‘tkazish zaruriyati mavjudligi aniqlandi.
O'xshash nashrlar
Migrantlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish: qiyosiy-huquqiy tahlil
Elektron nusxa
Yuridik terminologiyada sinonimiya va polisemiya
Elektron nusxa
Ta’limda innovatsion texnologiyalar
Elektron nusxa
Interfaol metodlar talabalarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish vositasi sifatida (TDYU misolida)
Elektron nusxa
Tarixiy haqiqat va badiiy talqin
Elektron nusxa
Til – huquqning yashash sharti
Elektron nusxa