Kutubxona/12.00.08/Zaruriy mudofaadan foydalanishning konstitutsiyaviy asoslari va jinoyat-huquqiy shartlari
Zaruriy mudofaadan foydalanishning konstitutsiyaviy asoslari va jinoyat-huquqiy shartlari
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa

Zaruriy mudofaadan foydalanishning konstitutsiyaviy asoslari va jinoyat-huquqiy shartlari

Muallif
Otegenova Luiza Joldasbayevna
Nashriyot
Toshkent davlat yuridik universiteti
Nashr sanasi
2022-12-30
Mamlakat
O'zbekiston

Huquq sohalari:

Tavsif

Mazkur maqolada zaruriy mudofaadan foydalanishning konstitutsiyaviy asoslari va jinoyat-huquqiy shartlariga doir masalalar bayon etilgan. Shuningdek, maqolada zaruriy mudofaa huquqi har bir shaxsga tegishli huquq ekanligi, shaxs o‘zining, boshqa jabrlanuvchilarning, jamiyat va davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan himoya qilish huquqiga egaligi, shaxslarning bu huquqlari konstitutsiyaviy darajada belgilanganligi ta’kidlangan. Maqolada har bir shaxsga berilgan zaruriy mudofaa huquqi jinoyatchilikka qarshi kurashda fuqarolarning davlat organlariga faol yordam berishini ta’minlaydi. JKning 37-moddasi respublika hududida har bir fuqaroga zaruriy mudofaani qo‘llash huquqini beradi, chunki bunday himoyani amalga oshirish qonun muhofazasidagi qadriyatlarga nisbatan qilingan qonunga zid tajovuzning oldini olishga qaratilgani uchun ijtimoiy foydali deb topilishi yuzasidan fikrlar tahlil etilgan. Muallif maqolada biror jinoiy faoliyatni amalga oshirish maqsadida unga tayyorgarlik ko‘rish yoki uni rejalashtirish jarayonida zaruriy mudofaani qo‘llash mumkin bo‘lmasligi, agar tajovuz faqat tayyorlanayotgan yoki amalga oshirish rejasi tuzilayotgan bo‘lsa, uning mavjudligi istisno qilinishi, bunday hollarda ilgaridan zarar yetkazish umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikka olib kelishi hamda himoya nazarda tutilgan va kelgusida sodir etilishi mumkin bo‘lgan hujumni hisobga olib amalga oshirilgan bo‘lsa ham zaruriy mudofaa deb hisoblanmasligi yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etgan.