T
Toshkent davlat yuridik universiteti Times Higher Education xalqaro reytingida
Universitetimiz Times Higher Education tomonidan e’lon qilingan Impact xalqaro reytingida 301-o'rinni egalladi. Bu o'tgan yilgi natijadan 100 pog'ona baland degani.
Universitetimizning xalqaro reytinglarda yuksalishi bu yurtimizda yuridik ta’lim va fanni rivojlanishiga mamlakatimizda berilayotgan e'tibor hamda to'g'ri va odilona siyosatning natijasidir.
Bu natija faqat raqamlar emas, bu bizning xalqaro maydondagi o‘rnimiz, ta’lim va ilmiy yondashuvlarimizga berilgan yuksak bahodir.
Ayniqsa, gender tengligi bo‘yicha 51-o‘rinni egallaganimiz bizning jamiyatda adolat va tenglikka asoslangan yondashuv samarasini ko'rsatadi.
Bunday yutuqlar ortida fidokor jamoamiz, ochiq boshqaruv va talabalarimizning yuksak intilishi turibdi.
0 izoh
Izohlar (0)
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling!