
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
Advokatning dalillar to‘plash va mustahkamlash jarayonidagi rolini oshirish
- Muallif
- Gafurov Mavlon Kuchkarovich
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2022-10-10
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tavsif
Ushbu maqolada jinoyat ishlari bo‘yicha isbot qilishni amalga oshirishda himoyachining tutgan o‘rni va ahamiyati, mazkur masalani tartibga solish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari tarixi hamda olimlarning fikrlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlaridagi huquqiy bo‘shliqlar, amaliyotdagi muammolar tahlil qilingan. Jumladan, O‘zbekiston SSR Jinoyat-protsessual kodeksida ayblanuvchining himoyachiga ega bo‘lish huquqi ko‘rsatilmagan. Faqat prokurorning qarori va ruxsati bilangina himoyachi ayblanuvchiga ayb e’lon qilingan paytdan ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan. Mustaqil O‘zbekiston sharoitida qonunchilik hujjatlari xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida tubdan qayta shakllantirilib, advokatlarning huquqiy maqomi oshirilgan, biroq, shu bilan birga, shaxs huquqlarining to‘laqonli himoyasi uchun qonunlarda yetarlicha imkoniyat yaratilmagan. Jumladan, qonunda himoyachi tomonidan daliliy ahamiyatga ega ma’lumotni olish, uni qayd etish va tergov organiga taqdim etish tartibi belgilanmagan. Bundan tashqari, himoyachini dalillar to‘plash subyektlari qatoriga qo‘shish yoki qo‘shmaslik masalasida yakdil fikrga kelinmagan. Shuningdek, amaliyotda advokatning iltimosnomasini asossiz rad etish holatlarining oldini olish choralari ko‘rilmagan. Keltirilgan tahlillar asosida advokatning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar berilgan.
O'xshash nashrlar
Jinoyat protsessida amnistiya aktini qo‘llashning protsessual mexanizmlarini takomillashtirish masalalari
Elektron nusxa
Sud hukmining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi
Monografiya
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida reabilitatsiya institutini takomillashtirish
Elektron nusxa
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash
Elektron nusxa
Jinoyat protsessida reabilitatsiya qilishning nazariy va amaliy masalalari
Elektron nusxa
Jinoyat protsessida dastlabki eshituv institutini takomillashtirish masalalari
Elektron nusxa