
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
Axborot texnologiyalari sohasida sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda jamoatchilik bilan hamkorlik
- Muallif
- Murodov Baxtiyorjon Bahodirovich
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2022-10-10
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tavsif
Maqola jamiyatimizda kundan-kunga tobora xavf tug‘dirayotgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyoti uchun nisbatan yangi hisoblangan axborot texnologiyalari sohasida sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilish masalalariga bag‘ishlangan. Mazkur maqolada bevosita shu turdagi jinoyatlarning o‘sish dinamikasi va bugungi kundagi statistikasi, tergov qilinayotgan jinoyatlarning fosh etilish ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilingan. Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda tergov organlarining jamoatchilik bilan hamkorlik qilish zaruratlari va shartlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Shuningdek, ishni sudga qadar yuritishda tergov organlari va jamoatchilik hamkorligining xalqaro huquqiy asoslari va ahamiyati tavsiflangan. Mualliflar tomonidan bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda tergov amaliyotida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarga to‘xtalib o‘tilgan. Jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etish, tergov qilish va oldini olish uchun moliyaviy tashkilotlar, banklar, mobil operatorlar, internet provayderlari va to‘lov tizimlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning obyektiv zarurati borasida so‘z boradi. Shu bilan bir qatorda, Markaziy bank tomonidan respublikada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni amalga oshirish uchun yagona bazani yaratish zarurati asoslantiriladi. Maqolada mualliflar tomonidan mazkur toifadagi ishlarni tergov qilishda mutaxassis ishtiroki bilan bog‘liq muammolar borasida so‘z yuritilgan hamda ularni bartaraf etishga oid bir qator takliflar ilgari surilgan.
O'xshash nashrlar
Jinoyat protsessida amnistiya aktini qo‘llashning protsessual mexanizmlarini takomillashtirish masalalari
Elektron nusxa
Sud hukmining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi
Monografiya
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida reabilitatsiya institutini takomillashtirish
Elektron nusxa
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash
Elektron nusxa
Jinoyat protsessida reabilitatsiya qilishning nazariy va amaliy masalalari
Elektron nusxa
Jinoyat protsessida dastlabki eshituv institutini takomillashtirish masalalari
Elektron nusxa