
BEPUL
Yuklab olish
5 koʻrishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini takomillashtirish
- Muallif
- Otajonov Abrorjon Anvarovich
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2024-06-24
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tavsif
Maqolada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar boʻyicha qonunni qoʻllash amaliyoti muammolari tahlil qilingan, ijtimoiy xavflilik xususiyatlari ochib berilgan, xalqaro hujjatlarga moslashtirish zarurati va ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilingan. Tadqiqot natijasida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat qonuni normalarini tartibga solishdagi mavjud boʻshliqlar va qarama-qarshiliklar aniqlangan. Xususan, Jinoyat kodeksining XIX bobida nazarda tutilgan jinoyatlar tuzilishi blanket xususiyatli boʻlib, biroq ushbu normalar ularning mazmunini aniqlab beruvchi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunning normalari bilan nomuvofiq ekanligi hamda ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi normalar tuzilishining murakkabligi, ayrim normalarda turli jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilanganligi, shuningdek, qonunni qoʻllash amaliyotida ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi aksariyat belgilarni qoʻllashda xatoliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi va mazkur turdagi ayrim ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik oʻrnatilmaganligi hamda ularga qarshi kurashish sohasidagi mavjud xalqaro-huquqiy hujjatlarning ayrim talablari milliy qonunchilikda oʻz aksini topmaganligi kabilar qayd qilingan. Mazkur holatlar ayni paytda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligiga hamda jinoyat qonunining ushbu turdagi normalarining amalda bir xilda qoʻllanmasligiga olib kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda maqolada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga hamda aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
O'xshash nashrlar
Sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning nazariy va amaliy masalalari
Elektron nusxa
O‘zbekiston Respublikasida Harbiy prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish
Elektron nusxa
Odil sudlovni amalga oshirish jarayonida sudyalarining yuridik javobgarligi: zamonaviy holat va rivojlanish yo‘nalishlari
Elektron nusxa
Jinoyat huquqida harakatsizlik va uning turlari: tahlil va taklif
Elektron nusxa
Xorijiy mamlakatlar jinoyat qonunchiligida yuridik shaxslarga nisbatan jazoni yengillashtirish masalalari
Elektron nusxa
Konstitutsiya – sud protsessida taraflar tortishuvi prinsipini ro‘yobga chiqarish kafolati
Elektron nusxa