Kutubxona/12.00.09/Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadi – inson qadrini e’zozlash
Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadi – inson qadrini e’zozlash
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa

Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadi – inson qadrini e’zozlash

Muallif
Tulaganova Gulchehra Zaxitovna
Nashriyot
Toshkent davlat yuridik universiteti
Nashr sanasi
2022-07-19
Mamlakat
O'zbekiston

Huquq sohalari:

Tavsif

Inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda advokatning o‘rni muhimdir. Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida 7 ta yo‘nalishda 100 ta maqsad belgilangan bo‘lib, ushbu maqola dolzarb masalalardan biri bo‘lgan advokaturaga bag‘ishlanadi. Maqolada inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, asosiysi, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish asosiy yo‘nalishlardan biri ekanligi belgilangan. Advokat huquqlarining amalga oshirilishi va kengaytirilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi inson huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofazasiga xizmat qilishi, jinoyat protsessining barcha bosqichlarida tortishuv prinsipi asosida ayblov va himoya taraflarining protsessual imkoniyatlari tenglashtirib borilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. Shunga ko‘ra, tortishuv prinsipini ishni sudga qadar yuritishda ham amal qilishini belgilash asnosida advokat huquqlarini kengaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Ushbu institutdagi ayrim muammolarni jinoyat protsessual qonunchilikni takomillashtirish maqsadida taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlardagi vazifalarni amalga oshirish mexanizmi yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalar berib o‘tilgan.