
BEPUL
Yuklab olish
1 ko'rishlar 0 yuklab olishlar
Elektron nusxa
Xorijiy mamlakatlar jinoyat protsessual qonunchiligida ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘ining huquqiy tartibga solinishi
- Muallif
- Abdullayev Diyor Ibodillayevich
- Nashriyot
- Toshkent davlat yuridik universiteti
- Nashr sanasi
- 2022-10-10
- Mamlakat
- O'zbekiston
Huquq sohalari:
Tavsif
Mamlakatimizda sud-huquq islohotlarini amalga oshirish jarayonida jinoyatprotsessual qonunchilikni liberallashtirish hamda takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Aksariyat huquqshunos olimlar tomonidan uy qamog‘iga zamonaviy jinoiy siyosat va jinoiy odil sudlovni insonparvarlashtirish vositasi sifatida qaraladi. Milliy qonunchiligimizga ko‘ra, uy qamog‘i boshqa ehtiyot choralariga nisbatan yangi huquqiy institutdir. Shu bois huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan ayrim muammoli holatlarga oqilona yechim topish uchun ushbu ehtiyot chorasini hayotga tatbiq etish bo‘yicha katta tajribaga ega xorijiy mamlakatlar jinoyat-protsessual qonunchiligi va mutaxassis olimlar fikrlarini ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o‘rganish, ijobiy tajribadan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur maqolada muallif tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar, AQSh va ayrim Yevropa davlatlari jinoyat-protsessual qonunchilik normalari asosida uy qamog‘i ehtiyot chorasining huquqiy tartibga solinishi, xususan, ushbu ehtiyot chorasini qo‘llash asoslari va shartlari, shaxsga nisbatan o‘rnatiladigan cheklovlar turlari qiyosiy tahlil qilish orqali tadqiq etilgan. Shuningdek, uy qamog‘ini qo‘llash tartibi bilan bog‘liq masalalarning ilmiy-huquqiy jihatlari xorijlik mutaxassislar va huquqshunos olimlar qarashlari orqali ifodalangan va mohiyati ochib berilgan. Maqolaning xulosa qismida uy qamog‘i ehtiyot chorasiga oid milliy qonunchilik va uni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha xulosa va takliflar keltirilgan.
O'xshash nashrlar
Jinoyat protsessida amnistiya aktini qo‘llashning protsessual mexanizmlarini takomillashtirish masalalari
Elektron nusxa
Sud hukmining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi
Monografiya
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida reabilitatsiya institutini takomillashtirish
Elektron nusxa
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash
Elektron nusxa
Jinoyat protsessida reabilitatsiya qilishning nazariy va amaliy masalalari
Elektron nusxa
Jinoyat protsessida dastlabki eshituv institutini takomillashtirish masalalari
Elektron nusxa